Ertaga O‘zbekiston hududiga ayrim joylarda qorga aylanadigan yomg‘irli sovuq va nam havo oqimlari kiradi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Haroratning sutkalik o‘zgarishi unchalik katta bo‘lmaydi, kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi esa 3−5 daraja iliqdan oshmaydi, bu oyning shu kuni uchun xos bo‘lgan harorat me’yoridan 3−5 darajaga pastdir.

Yakshanba kuni sovuq havo yog‘ingarchilikni surib chiqaradi, tungi va ertalabki soatlarda tuman hosil bo‘lib, ayrim joylarda ko‘rinish yomonlashishi mumkin. Tungi sovuq 3−5 darajagacha yetadi, kunduzi harorat 0−5 daraja iliq atrofida bo‘lib, avvalgidek kun me’yoridan past.