2020 yilda O‘zbekiston ishlab chiqarilgan aksiz solig‘iga tortiladigan bir qator mahsulotlar aksiz solig‘i miqdori ikki baravarga oshiriladi. Bu kelgusi yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonundan o‘rin olgan.

Alkogol mahsulotlari va sigaretlar aksiz solig‘ini 1 aprel va 1 oktyabrdan oshirish rejalashtirilgan bo‘lsa, spirt ulushi 40 foizdan ortiq bo‘lgan konyak va aroq uchun — 1 yanvardan. Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinayotgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz aksiz solig‘i esa 1 apreldan oshiriladi.

Mobil aloqa, zargarlik mahsulotlari; kumushdan tayyorlangan oshxona anjomlari; neft mahsulotlari; gaz va polietilen granulalari stavkalari 2020 yilda o‘zgarishsiz qoladi.

Bunga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va ko‘rsatilayotgan aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim tovarlar va xizmatlar uchun aksiz solig‘i 1 oktyabrdan oshirilgan edi.