2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (hokimiyatlar) alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkaziladi.

Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 dekabrdagi «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hokimiyatlardan boshqa organlarga o‘tkazilayotgan vazifalar

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari (vakolatlari)

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari (vakolatlari) beriladigan sub’ekt


Ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilish

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi tuman (Quvasoy shahar) sug‘orish bo‘limlari


Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash uchun ruxsatnoma berish

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari


Davlat o‘rmon fondi yerlariga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun beriladigan ruxsatnomalar berish


Ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yo‘l qo‘yiladigan o‘zoqlikda) aniqlash


Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari


Birgalikda foydalaniladigan suv ob’ektlarida suvdan umumiy foydalanishga va suv iste’mol qilishga shartlarni belgilash

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi tuman (Quvasoy shahar) sug‘orish bo‘limlari


Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish


tuman (shahar) soliq inspeksiyalari


Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish



Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomani berish

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari


Dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasini amalga oshirishga litsenziya berish

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari


Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyati uchun litsenziya berish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va viloyat xalq ta’limi boshqarmalari


Rieltorlik faoliyatini olib borish uchun litsenziya berish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari

Kelgusi yildan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagilarni nazarda tutuvchi funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanadi:

  • texnologik, o‘rmon-melioratsiya, agrotexnik, gidrotexnik, sanitariya-texnik tadbirlarni kelishish;
  • buzilishi uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan, jamoat tartibini saqlash masalalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, shuningdek, tabiiy ofat va epidemiyalar bilan kurashish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
  • atmosfera havosini ifloslantirishning turg‘un manbalari tomonidan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablar buzilishi bilan bog‘liq faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va tugatish masalasida qaror qabul qilish;
  • o‘rmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish bo‘yicha qaror qabul qilish;
  • bozor faoliyatini to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qilish.