O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boshlab prezident va hukumat hujjatlari asosida tuzilgan alohida idoralararo kollegial organlar tugatilmoqda. Ularning ayrim vakolatlari tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkaziladi.

Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 dekabrdagi «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

T/r

Idoralararo kollegial organning nomi

Idoralararo kollegial organ tuzilishi uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat

Tugatilayotgan organ funksiyalarini amalga oshiruvchi sub’ekt (vakolatiga oid qismi bo‘yicha)

I.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan faoliyati belgilangan idoralararo kollegial organlar

1.

To‘qimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar tanlash bo‘yicha hukumat komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2006 yil 21 apreldagi «To‘qimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»

PQ-330-son qarori

O‘tkazilmaydi

2.

Chet tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi
«Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi

PQ-1875-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

3.

Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha Maxsus komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
4 maydagi «Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida"gi

PQ-2950-son qarori

O‘tkazilmaydi

4.

O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
3 iyundagi «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3031-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tartiya va sport vazirligi

5.

Toshkent viloyatidagi avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyuldagi «Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3142-son qarori

O‘tkazilmaydi

6.

Davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi «Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-3231-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Hisob palatasi


7.

Dastur parametrlarini bajarishni ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ijroiya hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi «Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi

PQ-3301-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

8.

Bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
6 noyabrdagi «Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3377-son qarori

O‘tkazilmaydi

9.

Respublikada yaratiladigan va ishlab chiqariladigan ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha ishchi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi «Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3532-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmavsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

10.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish va asosiy vazifalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
PQ-3578-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

11.

Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
6 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
PQ-3586-son qarori

Limon yetishtiruvchilar
va eksport qiluvchilar uyushmasi

12

«Buxoro-agro» EIZ hududida zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 iyuldagi ««Buxoro-agro» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
PQ-3843-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

13

O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
PQ-3846-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

II.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan
faoliyati belgilangan idoralararo kollegial organlar

14

Til o‘rgatish Jumhuriyat Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 29 iyuldagi
«Jumhuriyat o‘quvchi-yoshlariga va mutaxassislariga chet tillarni keng ko‘lamda o‘qitish tizimini takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga oid tadbirlar to‘g‘risida"gi 197-son qarori

O‘tkazilmaydi

15.

Tibbiyot texnikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 6 noyabrdagi

«Tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida"gi
490-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

16.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Avtomobil yo‘llari kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 iyuldagi «Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 358-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

17.

Qishloq axoli punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 iyuldagi «Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 358-son qarori

O‘tkazilmaydi

18.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 12 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi
256-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

19.

Favkulodda vaziyatlarni prognozlash va oldini olish bo‘yicha davlat dasturining bajarilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 apreldagi «Favqulodda holatlarni prognoz qilish va oldini olish bo‘yicha davlat dasturini tasdiqlash haqida"gi 71-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Favkulodda vaziyatlar vazirligi

20.

O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi ob’ektlarining joylashtirilishini ko‘rib chiqish va kelishish bo‘yicha Komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 oktyabrdagi

«O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
277-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

21.

Toshkent shaxrida transport infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 yanvardagi «Toshkent shahrida transport infratuzilmasi ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 20-son qarori

O‘tkazilmaydi

22.

Maxalliy noziq-ovqat iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalari tashkiliy ko‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi «Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi
377-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

23.

«Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 iyundagi «Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 168-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

24.

Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyundagi «Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
176-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

25.

Bir qator tadbirlar amalga oshirilishini shartsiz ko‘llab-ko‘vvatlashni taxlil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha doimiy ishlaydigan idoralararo komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 6 noyabrdagi «Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
300-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

26.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 3 fevraldagi «Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini va oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 19-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

27.

Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rish, yuqori darajali biznes muhitini shakllantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi «Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 332-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,

Moliya vazirligi, Davlat soliq ko‘mitasi,

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki,

Jizzax viloyati hokimiyati

28.

O‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
10−11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
868-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi «Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 939-son qarori

O‘zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Bekor qilish va funksiyalarni boshqa idoralarga o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirish uchun 2020 yil 1 martga qadar muddat berildi.