Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 2019 yilning 28 dekabridan boshlanib, 2020 yilning 10 yanvar kuni yakunlanadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Qishki ta’til boshlanishi bilan 2019−2020 o‘quv yilining ikkinchi choragi o‘z yakuniga yetadi va 2020 yilning 11 yanvaridan uchinchi chorakning birinchi kuni boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda akademik litsey va kollejlar o‘quvchilari uchun qishki ta’til 20 dekabrdan boshlanib, 6 yanvargacha davom etadi.