5 dekabr kuni taxminan 4:55 da Buxoro viloyatida temir yo‘ldan o‘tayotgan 58 yoshli G. X. yuk elektropoyezdi bosib ketishi natijasida vafot etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Hodisa temir yo‘lning 4012- kilometrida «Yakkatut» va «Murgak» stansiyalari o‘rtasida sodir bo‘ldi.

Voqea joyida tergov-tezkor guruhi hodisa sabablarini aniqlash uchun ish olib bormoqda.

2 dekabr kuni xuddi shunga o‘xshash hodisa Namangan viloyatining Pop tumanida sodir bo‘lgan, o‘shanda 82 yoshli erkak hayotdan ko‘z yumgan edi.