4 dekabr kuni taxminan 14:13 da Andijon shahri 2-kichik dahadagi ko‘p qavatli 7-uyning ikkinchi qavatida maishiy gaz portlab, uning ortidan yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, hodisaga kvartiradagi gaz bosimini oshirish uchun qo‘llanilgan qo‘lbola gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash sabab bo‘lgan. Portlash vaqtida kvartirada hech kim bo‘lmagan.

Sakkiz (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra — to‘qqiz), jumladan ikki voyaga yetmagan tibbiy yordam uchun murojaat qildi, qurbonlar yo‘q.

Foto: FVV.

Portlash natijasida pod’ezd, kvartiralar va uyning tashqi qismidagi beton konstruksiyalar zarar ko‘rgan. Portlash va yong‘in natijasida oltitadan sakkiztagacha xonadon zarar ko‘rgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Portlash sodir bo‘lgan yerga Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov keldi. Toshkentdan vazirning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi FVV tezkor guruhi ham yetib keldi.

Viloyat hokimmi mutasaddi shaxslarga jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va qayta tiklash ishlarini boshlashni topshirdi.

YouTube orqali ko‘rish