Noyabr oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekiston hududiga juda iliq havo oqimlarining kirib kelishi boshlandi. Ushbu haftaning aksariyat qismida butun respublikada iliq ob-havo saqlanib qoladi, deya xabar beradi O‘zgidromet.

Harorat kunduzi + 14… + 19 daraja, kechasi + 4… + 9 daraja atrofida bo‘ladi. Shu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Juma va shanba kunlari Kaspiy dengizi hududidan nisbatan salqin va nam havo massalarining respublikaga kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘ylab bulutli ob-havo kuzatiladi, shamol tezligi 15−20 m / s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati + 7… + 12 darajagacha, kechasi + 2… + 7 darajagacha tushadi, bu iqlimiy me’yorlarga yaqin.

Yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumotlari