30 noyabr kuni soat 17:30 atrofida Samarqandning Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasida kommunikatsiya quvuri o‘tkazish ishlari olib borilayotgan vaqtda tuproq massasi ko‘chib tushishi natijasida ikki kishi tuproq ostida qoldi, deya xabar qildi shahar hokimligi axborot xizmati.

Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, «Staplast» mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchisi M.Tursunqulov (1997 y. t.) jiddiy tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam xizmati orqali RSHTYOIMga olib ketilgan. U.Rustamov (1981 y. t.) esa voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabrda ham Samarqandda shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lgan, suv quvurini ta’mirlayotgan ikki nafar yollanma ishchi tuproq bosib qolishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan edi.