O‘zbekistonda bir hafta davomida 41ta holatda 28 milliard so‘mlik (2,94 mln dollar) tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangan, deya ma’lum qildi bosh prokuror Nig‘matulla Yuldashev. Bu borada 240 ta jinoiy ish ochilgan, deya xabar berdi Xabar.uz.

Avvalroq bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda iste’molchilarga gaz yetkazib berish jadvaliga rioya etilmayotganini tanqid qilgani haqida xabar qilingan edi. U, shuningdek, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari juda ko‘p uchrayotgani to‘g‘risida ham ma’lumot berdi. «Natijada xalq aziyat chekmoqda», — degan edi hukumat rahbari.

So‘nggi haftalarda O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida aholi gaz yo‘qligidan shikoyat qilmoqda. So‘nggi illarda ko‘plab mahallalar gaz tarmoqlaridan butunlay uzildi. Aholi muntazam ravishda ko‘mir va suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishda uzilishlarga duch kelmoqda.

Chorshanba kuni Nukut tumani Shoranbay ovuli aholi uylarida gaz yo‘qligi sababli namoyishga chiqdi. Ular avtoyo‘lni to‘sib qo‘yib, g‘ildiraklarga o‘t qo‘ydi. Hokimiyat ko‘mir va gaz ballonlarini yetkazib berib, gaz ulanish ehtimollarini o‘rganishga ham va’da berdi.

Oktyabrda «O‘zneftgazinspeksiya» 3,0 mlrd so‘mlik 4,2 mln kub metr tabiiy gaz talon-taroj qilinganini aniqlagan edi. Eng jiddiy qonunbuzarliklar Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida sodir etilgan.