Kecha, 28 noyabr kuni soat 05:59 da Sirdaryo viloyati Guliston shahri, Namuna mahallasining Bunyodkor ko‘chasida joylashgan, yakka tartibdagi tadbirkor B.Jumaboyevga tegishli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda Zarnews.uz xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan va yong‘in soat 06:07da o‘rab olinib, soat 06:34da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘indan ustaxona binosining 100 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan va qo‘shni binolarga alanga o‘tib ketishi oldi olingan. Halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida ustaxona ichki qismining 30 kvadrat metr maydonida va ichida bo‘lgan ta’mirlashga olib kelingan 3 ta yengil avtomobil — fuqaro Sh. Yu.ga tegishli «Lasseti», fuqaro X.M.ga tegishli «VAZ 21−011» hamda fuqaro O.B.ga tegishli «VAZ 2106» to‘liq yongan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.