GFC turniri doirasida O‘zbekistonga kelgan yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov ushbu promoushenda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda www.olamsport.com sayti muxbiri TDIUda o‘tkazilgan uchrashuvga asoslanib xabar qildi.

«Mahmud Murodovning UFC’dagi debyutini ko‘rdim, yaxshi jang qildi. Ammo, bu vazn Mahmud uchun emas deb o‘ylayman. U 77 kg vazn toifasiga tushishi kerak, 86 kg vaznda yirik jangchilar ko‘p. U divizionda 100 kilogrammli yigitlar ham vazn tashlashadi va jang qilishadi. Mahmudda esa vazn u qadar katta emas. Shuning uchun u UFC’da katta muvaffaqiyatga erishmoqchi, bo‘lsa vaznini o‘zgartirishi kerak deb hisoblayman», — dedi Habib Nurmagomedov.