24 noyabr kuni taxminan soat 11:30 larda Buxorodagi Do‘stlik ko‘chasida Isuzu yuk mashinasi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 51 yoshli T. B. va uning 48 yoshli turmush o‘rtog‘i Yu. Yo.ni urib yubordi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

Oqibatda T.B. hodisa joyida va Yu.Yo. esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 24 noyabr kuni Buxoro IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 24 yoshli Isuzu haydovchisi O. A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.