O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqinlari tomonidan nggi o‘quv yili boshlanganiga 3 oy o‘tgan bo‘lsada, 2019/2020 o‘quv yili uchun o‘qishga kirishga abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni davom etayotganligi va ushbu xizmat uchun pul undirilayotganligi, kontrakt shartnomalari tuzilayotganligi to‘g‘risida murojaatlar kelib tushgani xabar qilindi.

Jumladan, inspeksiya matbuot xizmatining yozishicha, Rossiya Federatsiyasining ayrim oliy ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi hududida oliy ta’lim berishga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmay turib, abituriyentlardan hujjat qabul qilmoqda.

Jumladan:

  • Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti
  • Moliya, iqtisod va zaxiradagi ofitserlar huquqi instituti
  • «Tadbirkorlik oliy maktabi» xususiy oliy ta’lim muassasasi
  • «Sharqiy-Yevropa instituti» xususiy oliy ta’lim muassasasi
  • «Sibir biznes va axborot texnologiyalari instituti» nodavlat oliy ta’lim muassasasi va boshqalar.

Nodavlat ta’lim tashkiloti sifatida Ta’lim inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tmagan nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar yuridik huquqqa ega emas, deyiladi xabarda.

Abituriyentlar xushyor bo‘lish hamda inspeksiya saytida e’lon qilingan O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan institut va universitetlar ro‘yxatini ko‘zdan kechirishga chaqirildi.