Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Bozorov Zokir Abdulloyevich tayinlandi, deya xabar qildi Moliya vaziligi matbuot xizmati.Zokir Bozorov (1982 y. t.) — Toshkent moliya institutini «soliqlar va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Bunga qadar Moliya vazirligi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Nuriddinov Nodirjon Izzatullayevich Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nodirjon Nuriddinov (1979 y. t.) — Manchester Metropolitan universitetining menejment iqtisodchi mutaxassisligini tamomlagan. Tayinlovga qadar Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash Departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.