Bahodir Abdulxayevich Abduvaliyev Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu O‘zbekiston bosh prokurorining 21 noyabrdagi buyrug‘ida ko‘zda tutilgan, deya xabar qildi Toshkent prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Tayinlovga qadar Bahodir Abduvaliyev Bosh prokuraturada Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Samandar Ostonov (o‘ngda). Foto: Bektemir tuman hokimiyati.

Toshkent prokurorining avvalgi o‘rinbosari Samandar Mustafoqulovich Ostonov Samarqand viloyat prokurori o‘rinbosari bo‘ldi. Poytaxt prokuraturasidagi faoliyatigacha u Bosh prokuraturaning Voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga rahbarlik qilgan.