Birinchi qor yog‘ib o‘tganidan so‘ng O‘zbekistonda bugundan Ural hududlaridan kirib kelgan juda sovuq havo oqimlari ta’sirida quruq va kam bulutli ob-havo hukmronligi o‘rnatildi, deya xabar qildi «O‘zgidromet» matbuot xizmati. Dushanba kuni kunduzgi harorat 0 darajadan oshmaydi.

Ertaga antitsiklon ta’siri kuchayadi, deya ta’kidladi sinoptiklar. Bu tungi havo haroratiga ta’sir qiladi, u −8 … −6 darajagacha, respublikaning ayrim joylarida −12 … −10 darajagacha tushadi. «Ammo tushdan keyin quyosh nurlari o‘z ta’sirini o‘tkazadi va havo 3 darajaga qadar isiydi», deyiladi xabarda.

Keyingi kunlarda antitsiklon asta-sekin o‘z ta’sirini zaiflashtirib, Qozog‘istonning shimoli-sharqiy qismiga o‘tadi. Juma kechasi harorat −5 … 0 darajagacha pasayadi. Kun davomida havo harorati + 5 … + 7 darajagacha ko‘tariladi.