Toshkent shahri hududidagi mahallalar, aholi gavjum joylar va bozor hududlarida jami 89 ta huquqiy maslahatxona tashkil etildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

Ushbu maslahatxonalarda haftaning seshanba kunlari Tergov tizimida xizmat qilayotgan tajribali huquqshunos xodimlar tomonidan aholiga jinoiy, ma’muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha bepul huquqiy maslahatlar berilmoqda.

Huquqiy maslahatxonalar aholining turli ko‘rinishdagi jinoyat va huquqbuzarliklar qurboni bo‘lib qolmasligi hamda ortiqcha sarf-harajat va vaqt sarflamasliklariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Bepul huquqiy maslahatxonalar manzillarini har bir tumandagi profilaktika inspektorlaridan, aloqa raqamlarini esa Toshkent IIBB saytidan bilib olish mumkin.