Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni polkovnik Qarshiyev Hamdam Aliqulovich O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

U avvalroq O‘zbekiston ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan general-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich o‘rniga ushbu lavozimni egalladi.


Jur’at Yakubov.

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni lavozimiga polkovnik Yaqubov Jur’at Omongeldiyevich tayinlandi.