Hukumatning 21 noyabrdagi qarori bilan prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Sobirovich Qosimovга O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Bunga qadar Rustam Qosimov prezident maslahatchisi hamda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlarini birgalikda bajarib kelayotgan edi. O‘tgan yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘lgan.

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimida o‘tgan yilning avgustidan shu kunga qadar Shuxrat Akmalovich Yovqochev faoliyat yuritib kelayotgan edi.