O‘zbekiston ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev lavozimidan ozod qilindi.

18 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz»ning hukumatdagi axborot manbasi. 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib berdi.

Muhiddin Jo‘rayev 2018 yil dekabri oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Avval u Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i (2016−2018 yillar) hamda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i (2014−2016) lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

IIVning boshqa mas’ul xodimlarining ham lavozimlaridan chetlashtirilgani haqidagi xabarlar kelib tushmoqda. «Gazeta.uz» ayni vaqtda faqatgina IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Valerevich Panning lavozimdan ozod qilinganini tasdiqlata oldi.

Dmitriy Pan. Foto: Postda.uz.