20 noyabr kuni kech soat 2:30 lar atrofida Andijon viloyatining Buloqboshi tumani, «Shohguzar» MFY hududida yashovchi fuqaro Xasanboy Esonov xonadonida gaz va havo aralashmasidan chaqnash bilan bog‘liq falokat sodir bo‘ldi.

«Hududgazta’minot» matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur chaqnash natijasida, X.Esonovning turmush o‘rtog‘i S.Esonova 5 foiz, 2001 yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.Musurmonqulov esa 45 foiz tana qismining kuyishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgan.

Andijon" MCHJ va tegishli idoralar tomonidan o‘rganilganda, fuqaro X.Esonov xonadoniga qo‘lbola (yumaloq shakldagi) isitish moslamasi o‘rnatib, unga 1,5 metrlik velosiped rezina kamerasi ulab foydalanishi hamda rezina shlangning yemirilishi oqibatida, sizib chiqqan gaz xidini sezmasdan elektr chiroqni yoqib yuborishi oqibatida kelib chiqqani aniqlandi.

Hozirda voqea yuzasidan tuman prokuraturasi va IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Hududgazta’minot» gaz iste’molchilarini ogoh bo‘lish, xonadonlaridagi mavjud barcha gaz uskunalaridan yo‘riqnoma talablari va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda foydalanish hamda texnik nosozlik kuzatilganda darhol gaz ta’minoti korxonalariga 104, 1104, 71 200−08−04 raqamlari orqali murojaat etishga chaqirdi.