Qibray tumanidagi 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 2018−2019 yillarda jami 180,4 mln so‘mlik go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

MTT mansabdor shaxslari ushbu jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Tergovga qadar tekshiruv esa Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazildi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.