Toshkent viloyatidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum B.R. boshqa mahkumning ishonchiga kirib, uni koloniyadan chiqarib yuborish uchun advokatga pora tariqasida pul berish bilan aldab, 2000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan B.R.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.