20 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani, Toshkent viloyatining Angren shahri va Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida oxiri o‘lim bilan yakunlangan is gazidan zaharlanish holatlari qayd etildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasini matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga xabar qilishicha, uchta oila a’zolari qurbon bo‘ldi. Besh kishi — uch erkak va ikki ayol hayotdan ko‘z yumdi, bir bola shifoxonaga yotqizildi.

Prokuratura organlari hodisalar yuzasidan dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.

Is gazi haqida nimalarni bilish lozim? FVV yo‘riqnomasini o‘qing.