O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab qurilishi boshlangan Toshkentdagi G‘alaba bog‘i konsepsiyasini taqdim etdi.

G‘alaba bog‘ini qurish to‘g‘risidagi tashabbus prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tilga olingan edi. Iyunda bog‘ni Olmazor tumanidagi general Sobir Rahimov haykali o‘rnatilgan xiyobonda barpo etish rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bog‘ konsepsiyasini yaratish vaqtida bir qator xorij davlatlarining shu turdagi bog‘lari, skver va kompekslarining loyihalari o‘rganib chiqildi, deyiladi xabarda.

Bog‘ning turli burchaklari milliy an’analarga mos ayvonlar hamda interaktiv ma’lumotlar ulashuvchi zamonaviy elektron qurilmalar bilan jihozlanadi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga erishgan 35 davlatning bayroq, gerb va xaritalaridan iborat maxsus maydonchalar ham barpo etiladi.

Tarixiy muhitni yaratish maqsadida harbiy musiqalar jaranglab, urush davriga oid ma’lumotlar yangrab turadi.

Foto