19 noyabr kuni soat 07:30 larda Jizzax viloyati Zomin tumani IIB 10-sonli bo‘linmasi binosida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 nafar yollanma ishchilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etishgan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi «a» bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash odam o‘lishiga olib kelsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.