Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil boshidan buyon jami 5441 kishini O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi 25 ta farmonni imzoladi, deya xabar berdi O‘zA.

1991 yildan 2007 yilga qadar respublikada jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. 2007 yildan 2016 yilning dekabr oyiga qadar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinmagan.

2016 yilning dekabrida Shavkat Mirziyoyev 179 kishiga fuqarolikni berish to‘g‘risidagi birinchi farmonni imzoladi.

2017 yilda 10 ta farmon bilan 1064 nafar shaxs, 2018 yilda 15 ta farmon bilan 2759 nafar shaxs fuqarolikka qabul qilindi.

Uch yil ichida jami 51 ta farmon bilan 9443 shaxs fuqarolikka qabul qilindi.