Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati Osiyo saralash bosqichining ikkinchi raundi beshinchi o‘yinida Falastin jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. 19 noyabr kuni Toshkentning «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2: 0 hisobida yakunlandi.

O‘yinda hujumchi Eldor Shomurodov tomonidan dubl qayd etildi. O‘yinning 18-daqiqasida o‘yinchi o‘ng qanotdan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. 58-daqiqada «Rostov» hujumchisi hisobni yiriklashtirdi.

G‘alabadan so‘ng O‘zbekiston 9 ochko bilan D guruhida birinchi o‘ringa ko‘tarildi, Falastin esa 4 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi. Saudiya Arabistoni (8), Yaman (5) va Singapur (4) hali o‘z o‘yinlarini o‘tkazishmagan.

Video

Foto