Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida ikkita tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 16 noyabrdagi buyrug‘iga asosan polkovnik Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod yetilib, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 16 noyabrdagi buyrug‘i bilan podpolkovnik Qulbekov Oybek Tursinaliyevich Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari — Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.