19 noyabr kuni 11:09 da Toshkentning Yunusobod tumanida Smart Stroy Building va Teplo Luks Biznes korxonalariga tegishli bo‘lgan omborxonalarda yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 11:15da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 11:49da qurshab olinib, soat 12:01da o‘chirilgan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.