Ta’lim, sport va diniy muassasalarga 200 metrgacha masofada joylashgan savdo ob’ektlariga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishga ruxsat berildi. Bunga qadar ushbu masofa 500 metrni tashkil etar edi.

14 noyabr kuni prezident tomonidan imzolangan tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun 15 noyabrdan kuchga kirdi.

Bunda savdo ob’ekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo majmualarining (bozorlarning) va yarmarka pavilonlarining hududlarida joylashgan hollar mustasno.

Alkogol va tamaki savdosidagi cheklovlarga o‘zgartishlar kiritish prezidentning 5 fevraldagi farmonida ko‘zda tutilgan edi.