O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Kun.uz nashri o‘rtasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

«Mazkur nizoning jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va blogerlar tomonidan faol tarzda muhokama qilinishi, bunga Bosh prokuratura, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Adliya vazirligi va siyosiy partiyalarning tezkor munosabat bildirishi mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining kuchi tobora ortayotgani, jamiyatda demokartik o‘sishning shakllanayotgani, OAVning bosqichma-bosqich «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylanayotgani, respublikamizning ochiqlik sari dadil odimlayotganidan dalolat beradi», — deyiladi AOKA bayonotida.

«Vaziyatni yanada chigallashtirishga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shuningdek, Kun.uz tahririyati iltimosini inobatga olgan holda, Agentlik blogerlar va jurnalistlarni shahar hokimining ushbu nashr jamoasi bilan uchrashuvi natijalarini hisobga olishga va bundan keyin bu mavzuni bo‘rttirmaslikka chaqiradi».

Ayni vaqtda AOKA tegishli davlat idoralari tomonidan ushbu masalani o‘rganish ishlari oxiriga yetkazilshi va va unga to‘laqonli huquqiy baho berilishiga ishonch bildirdi.