17 noyabr kuni taxminan 3:10 da Namangan viloyati Uchyi tumani «Do‘stlik» mahallasidagi uyda to‘rt kishining gazdan zaharlanish holati qayd etildi. Ularning uch nafari (ona va ikki farzand) vafot etdi, biri (ota) shifoxonaga yotqizildi, deya xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.

O‘tkazilgan tekshiruvlarda uy rezina quvur orqali propanli ballonga ulangan qo‘lbola pech orqali isitilgani aniqlandi. Oila a’zolari uxlayotgan vaqtda is gazidan zaharlangan.

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tadbirlar olib borilmoqda.