Payshanba, 14 noyabr kuni taxminan 3:30 da Jizzax viloyatida «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 956-kilometrida sodir bo‘lgan YTH natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, deya xabar qildi IIV Tergov departamenti.

25 yoshli haydovchisi boshqarib kelayotgan Cobalt avtomobili qayrilib olayotgan M. T. 34 yoshli A. N. boshqaruvidagi MAN yuk mashinasining tirkamasi bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida Cobalt to‘liq yonib ketgan. Uning salonida bo‘lgan 32 yoshli ayol Ye. S. hodisa joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi — 3 yoshli A. A. olgan tan jarohatlari sababli Sardoba tuman tibbiyot muassasasida shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan hayotdan ko‘z yumdi. Yengil avtomobil haydovchisi M. T. tan jarohatlari bilan Paxtakor tuman shifoxonasiga yotqizildi.

Hodisa yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuradiga Tergov boshqarmasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.