Bugun O‘zbekiston hududida kun davomida G‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan salqin havo massalari kirib keladi, deya xabar beradi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Havoning harorati respublikaning aksariyat qismida + 12… + 17 daraja atrofida bo‘lishi hamda ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari antitsiklon ta’siri davom etadi. Respublikada havo bosim biroz balandroq bo‘lib, bulutli ob-havo kutilmoqda. Ertalab havoning sovishi sababli termometr ustunlari 0… + 5 darajadan oshmaydi, kunduzi havo harorati o‘rtacha 10… + 15 gacha isiydi.

Havoning o‘rtacha kunlik harorati me’yordagidan 1−3 darajagacha sovuq atrofida bo‘lib turadi.