2019 yilrning 13 noyabrida «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim (2019 yilning 19 aprelida Toshkent shahrida imzolangan) tasdiqlandi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.