O‘zbekiston prezidenti 14 noyabr kuni 2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

2020 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kun:

  • 23 mart — dushanba.

Quyidagi dam olish kunlari ko‘chirildi:

  • 4 yanvar — shanba 2 yanvar — payshanbaga;
  • 29 avgust — shanba 31 avgust — dushanbaga.

2 yanvar payshanba va 31 avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi.

Byudjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini bir ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kuni qo‘shiladi. Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.

Byudjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu farmonning 1-bandiga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni mehnat ta’tiliga qo‘shimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.

«Uzbekistan Airways» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyalariga bayram (ishlanmaydigan) kunlarning uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yo‘nalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berib, aksiyalar o‘tkazadi.