Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati Osiyo saralash bosqichining ikkinchi raundi to‘rtinchi o‘yinida Saudiya Arabistonidan mag‘lubiyatga uchradi. 14 noyabr kuni Toshkentning «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2: 3 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida mehmonlarning xatosidan unumli foydalangan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Saudiya Arabistoni yarim himoyachisi Salmon al-Faraj 23-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi.

Tanaffusdan keyin mezbonlar 11 metrli jarima zarbasini amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritishdi — yarim himoyachi Otabek Shukurov yana O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi (56'). Uchrashuv oxirida saudiyaliklar ikkita gol urishdi — 85-daqiqada Salmon al-Faraj dublni rasmiylashtirdi, besh daqiqadan so‘ng esa Salem Al-Dosari g‘alabani tayin qildi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin O‘zbekiston 6 ochko bilan D guruhida ikkinchi o‘ringa tushdi. Saudiya Arabistoni turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi (8). Falastin (4), Singapur (4) va Yaman (2) jamoalari hali o‘z o‘yinlarini o‘tkazmadi.

Video

To‘liq o‘yin

Foto

=