O‘zbekiston FVV 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi xususiy uyda sodir bo‘lgan gaz chaqnashi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv tafsilotlarini e’lon qildi.
Maxsus ishchi guruhining dastlabki xulosasiga ko‘ra, uyga nosoz yer osti gaz quvuridan gaz sizib chiqqan.

To‘plangan gaz chaqnagan va deraza romlari, eshik va devorlarni otib yuborgan, natijada temir-beton qoplamalar buzilgan.

Favqulodda holat «Surum» mahallasidagi Namunali uy ko‘chasida namunaviy loyiha asosida qurilgan 1- uyda sodir bo‘lgan.