Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi vrach-laboranti Shoira R. fuqaro Sayera B.ni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSH dollarini talab qilib, olayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Sh. R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.