Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi besh fuqaro 26 yoshli ayolni zo‘rlaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda IIV birlashgan tahririyatlari sayti xabar qildi.

Oktyabr kunlaridan birida kechasi taxminan 1:30 atrofida besh erkak (barchasi 30 yoshdan katta) ayol kishini majburan mashinaga o‘tqazib, kimsasiz yerga olib borgan va uni zo‘rlagan.

Barcha gumondorlar qo‘lga olindi, ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 118-modda 2-qismi (zo‘rlash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qayd etish joizki, «Postda» hodisada qisman jabrdiydani ham ayblagan.

«Hayratlanarlisi esa, e’tibor bergan bo‘lsangiz, voqea yarim tunda sodir etilgan. Haqli savol tug‘iladi: yosh qizning shu paytda sababsiz ko‘chada yurishiga ota-onasi qanday yo‘l qo‘yib berdi ekan», — deb yozadi gazeta.