Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan sovuq havo oqimlari kirib keldi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Mamlakat shimolida havo harorati 7−10 darajaga tushdi va + 9 … + 14 darajani tashkil etdi.

Dushanba kuni antitsiklon respublikaning butun hududiga kirib bordi. Ushbu sovuq havo oqimi ta’siri ostida ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati pasayib, + 10 … + 13 daraja atrofida bo‘ladi.

Hafta oxiriga qadar mamlakat hududiga salqin havo massasi ta’sir qiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0 … + 5, 12 noyabrda kechasi −1 … −3 darajaga, kunduzi + 10 … + 15 daraja atrofidani tashkil etadi

O‘zbekiston shaharlari uchun ob-havo ma’lumoti