Iyunda faoliyati to‘xtatilgan Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi yana ish boshladi. Bu haqda kengashning Telegram-kanalida xabar qilindi.

Kengashga Siymo reklama agentligi asoschisi va «Milliy marketing markazi» uyushmasi raisi Diyor Mirzaahmedov rahbar bo‘ldi.

«Yangilangan kengashning ishi shahar uchun foydali bo‘lgan aniq loyihalarni ishlab chiqish hamda hokimiyat faoliyatining turli yo‘nalishlarida ekspertlik ko‘magini berishga yo‘naltiriladi», — deyiladi xabarda.

8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishda texnik jarayon masalalari muhokama qilindi — komissiyalar tarkibi, jamoat kengashiga a’zo bo‘lish/a’zolikdan chiqish reglamenti va boshqa joriy masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov o‘tgan yilning may oyida tashkil etilgan jamoat kengashiga rahbar bo‘lgan edi. Iyulda u rais sifatida faoliyatini yakunlayotgani haqida ma’lum qilgan, biroq kengash tarkibida qolishni rejalashtirayotgani bildirgan edi.