Qozog‘istonning qator hududlarida sovuq tushishi, qor yog‘ishi va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli yo‘llarda kutilmagan holatlar sodir bo‘lishi mumkinligi munosabati bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida mazkur mamlakatga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy risklarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7−717−295−45−87, +7−777−218−20−10 (Telegram, Vatsapp Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7−29−277−71−17, +7−777−599−00−50, +7−777−599−00−51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7−727−299−20−70, +7−727−390−26−16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.