Bir necha kun davomida O‘zbekiston hududida hukmronlik qilgan sovuq havo oqimi bugun va ertaga chekinishni boshlaydi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Tungi sovuq harorat bir oz yumshaydi, kunduzgi harorat esa ko‘tariladi. Kam bulutli ob-havo saqlanib qoladi, kechasi havo harorati 0…+5, kunduzi — +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi. Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, bu ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin.

Yakshanba kuni Qozog‘iston hududi orqali navbatdagi sovuq havo oqimi kirib keladi. Natijada O‘zbekistonda bulutli ob-havo oqimi ta’siri ostida qoladi, havo harorati 2−3 darajaga pastlaydi.