O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Orif Aliboyevich Bo‘tayev O‘zsanoatqurilishbank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ning bank sektoridagi axborot manbalari xabar qildi.

Orif Bo‘tayev (1983 y. t.) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2006) va Bank-moliya akademiyasi (2012) bitiruvchisi.

U o‘tgan yilning noyabrida Markaziy bank rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar MBning Kredit ma’lumotlarining davlat reyestrini yuritish departamentini boshqargan.