Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz»ning parlament yuqori palatasidagi axborot manbasi.

Svetlana Ortiqova (1962) — Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisi. 2010−2014 yillarda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalari qo‘mitasini boshqargan.

2014 yilda u Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2015 yilda Senat raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.