4 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki opa-singil o‘quvchilar hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi IIVning «Postda» gazetasi sayti.

Xabarda qayd etilishicha, qizlar otasi bilan Tico avtomobilida bo‘lgan. Tico A-373 avtoyo‘lining 54-kilometrida asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasiga yo‘l bermagan. To‘qnashuv natijasida Tico haydovchisi boshqaruvini yo‘qotadi va mashina yo‘l chetidagi ariqqa qulaydi.

Tico haydovchisining 7-sinfda o‘qiydigan bir qizi hodisa joyida, 2-sinfda tahsil oluvchi ikkinchi qizi esa shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
YTH yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.