Bektemir tumani IIO FMBga 37 yoshli Shahnoza I. murojaat qildi. Uning murojaatidan ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning may oyi o‘rtalarida 29 yoshli Muhammat M. unga o‘g‘lini O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga o‘qishga kirishida yordam berib, qizi va jiyanini maktabga o‘qishga kiritishini va’da qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIB matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zining «xizmatlari» uchun u Shahnozadan 1900 AQSH dollari va 3.500.000 so‘m olgan. Ammo o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.